Chevrolet kompaniyasi Trax krossoverining restayling qilingan versiyasi haqida axborot tarqatdi. Xabarga yangi mashinaning suratlari ilova qilingan.
Mashinaning old va orqa optikasi yangilandi, radiator panjarasi kompaniya uslubida ishlandi, shuningdek, uskunalar paneli modernizatsiya qilinib, qurilmalar soni oshdi.
Mashinaga 1.4 l li 138 ot kuchiga ega benzinli turbomotor o‘rnatildi. U olti diapazonli transmissiya bilan ishga tushiriladi.
Chevrolet Trax shu hafta Chikagodagi motorshouda jamoatchilikka namoyish etiladi.