Chexiyada chop etilgan xaritada Qrim Rossiya tarkibiga qo‘shildi

Jahon 17:28 / 10.02.2016 5772

O‘tgan yilning noyabr oyida Chexiyaning Ottovo Nakladatelství nashriyoti chop etgan “Jahonning futbol xaritasi”da Qrim Rossiyaga tegishli hudud sifatida ko‘rsatilgan. ČTK agentligining ma'lum qilishicha, bu hol Ukrainaning Chexiyadagi elchixonasi tomonidan keskin tanqid ostiga olindi.

Kitobda FIFAga a'zo 209 davlat haqida ma'lumot to‘plangan. Unda Qrim Rossiyaning qolgan hududi bilan bir xil rangga bo‘yalgan. Bundan tashqari, jahonning umumiy xaritasida yarim orol Ukraina tarkibida emas.

Ukrainaning Pragadagi elchisi Boris Zaychuk nashriyotga murojaat qilib, Ukrainaning chegaralarini xalqaro huquq talablariga moslab ko‘rsatishni talab qildi.

“Ukrainaning Qrimsiz ko‘rsatilishi xalqaro huquqqa zid bo‘lib, Yevropa Ittifoqi davlatlarining Qrimning Rossiya Federatsiya tomonidan okkupatsiya qilinishini tan olmaslik borasidagi pozitsiyasini inobatga olmaydi”, - ta'kidladi diplomat.

Ko‘proq yangiliklar: