Britaniyada shifokorlar ish tashlashi sababli 2,8 mingta operatsiya bekor qilindi

Jahon 01:51 / 10.02.2016 3558

Buyuk Britaniyada ish haqi miqdori va ish haftasi jadvalidan norozi bo‘layotgan yosh shifokorlar ish tashlashi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda Sky News nashri.

Ta'kidlanishicha, ish tashlash sababli yaqin kunlarda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan 2,8 mingtadan ko‘proq operatsiya bekor qilindi.

Buyuk Britaniya tibbiyot tashkiloti vakilining aytishicha, ish tashlashga yosh shifokorlarning ish kunlari va dam olish kunlari ish haqi to‘lanishi tartibidan noroziligi asosiy sabab bo‘lmoqda.

Joriy ish haqini hisoblashda shifokor kechki smenada ishlasa, ayniqsa dam olish kunlari, ko‘proq haq oladi.

"Shubhasiz, biz bu mojaroli vaziyatning yechimini topishni istaymiz. Biz norozi bo‘layotganlarni muzokaralar stoliga qaytarish uchun barcha imkoni bor narsani qilamiz", deb aytdi Buyuk Britaniya bosh vaziri vakili.

Ko‘proq yangiliklar: