Buyuk Britaniyaning Roterem shahrida ikki erkak bomdod namozini ado etgani masjidga ketayotgan 81 yoshli Muhsin Ahmed ismli musulmonni do‘pposlaganlikda gumon qilinmoqda, deb xabar bermoqda The Independent nashri.
Ta'kidlanishicha, erkaklar qariyaga hujum qilishdan oldin uni "buzuqi" deb atashgan va uni bir necha bor itarib, tepkilab, boshiga urishgan.
Ahmed og‘ir jarohatlar va miya shikasti bilan shifoxonaga yotqazilgan va 11 kundan keyin vafot etgan.
Prokurorning aytishicha, erkaklar jinoyat sodir etish paytida spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar ta'sirida mast holatda bo‘lgan hamda Ahmedga hujum qilishdan avval ulardan biri taksichiga hujum qilishga harakat qilgan va uni haqoratlagan.
Erkaklarning o‘zlari hujum qilganlarini inkor qilishmoqda, biroq tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Ahmedning yuzidagi poyabzal izi ularning biriga tegishli. Ayni vaqtda tergov davom etmoqda.