AQSh Oliy sudi Obamaning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash rejasini bloklab qo‘ydi

Jahon 12:13 / 10.02.2016 3717

AQSh Oliy sudi AQSh prezidenti Barak Obama strategiyasining asosiy elementi hisoblanuvchi, elektrostansiyalarda karbonat angidrid gazining atrof-muhitga chiqarilishini cheklash bo‘yicha rejasini bloklab qo‘ydi.

Sud Obama rejasiga qarshi chiqayotgan 27 shtat, turli kompaniya va biznes-guruhlarning da'vosini 4 ta ma'qullov ovoziga 5 qarshi ovoz bilan qondirdi. Ushbu qaror sud rejaning qonuniyligini o‘rnatguncha uning amalga oshirilishini to‘xtatadi.

21 yanvarda xuddi shunday qarorni Vashingtondagi Apellyatsiya sudi chiqargandi.

2015 yil avgustda Obama 2030 yilgacha elektrostansiyalar tomonidan chiqariladigan karbonat angidrid gazlarining uch barobarga qisqartirilishi bo‘yicha rejasini ma'lum qilgandi. Ushbu tashabbusga ko‘ra, har bir shtat o‘zining rejalashtirilayotgan qisqartirishlarga kvotasini olib, AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish federal agentligiga me'yorlarning amalga oshirilishi bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim qilishga majbur edi.

5 fevralda Obama 2017 yil uchun byudjyetni tayyorlash doirasida neft kompaniyalariga bir barrel neftga 10 dollar miqdorida soliq solishni taklif qildi. Soliqlardan tushgan mablag‘lar transport infratuzilmasi va ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqishni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Gap, jumladan elektromobillar, o‘zi boshqariluvchi transport vositalari yaratish haqida ketmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: