“Kamolot” YoIH Bobur tavalludining 533 yilligiga bag‘ishlab tanlov o‘tkazadi

Jamiyat 21:48 / 10.02.2016 2695

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bag‘ishlab tanlov o‘tkazadi.

Tanlov g‘oliblari “Kamolot” kutubxonasining nodir asarlari bilan taqdirlanadi.
Maxsus sovg‘aga ega bo‘lish uchun quyidagi shartlarni bajarish talab etiladi.

1. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining www.facebook.com/kamolot.uz sahifasiga “Like” qo‘yib, a'zo bo‘ling (agar sahifa a'zosi bo‘lmasangiz)

2. Ushbu tanlov haqidagi xabarga “Like” qo‘yish hamda o‘z sahifasida do‘stlarga ulashish.

3. Izohda quyidagi 5ta savolga javob (har bir savol raqamini ko‘rsatgan holda) yozib qoldirish.

Tanlov 2016 yilning 14 fevral kuni soat 14.00ga qadar davom etadi.

To‘g‘ri javob yo‘llagan ishtirokchilar ro‘yxati shakllantirilib, har biriga raqam taqdim etiladi (hamda ro‘yxat feysbukdagi sahifaga joylashtiriladi).

G‘oliblar 2016 yilning 15 fevral kuni harakatning feysbukdagi sahifasi hamda www.kamolot.uz saytida e'lon qilinadi.

Savollar:
1. “Bori elg‘a yaxshilig‘ qilg‘ilki, ondin yaxshi yo‘q,
Kim degaylar: “Dahr aro qoldi falondin yaxshilig‘”.

Boburning mazkur baytida qanday so‘z san'ati qo‘llanilgan?

2. Odatda Bobur mashhur to‘rtta kemalardan birida elchilarni qabul qilgan. U kemaning nomi nima?

3. “Bobur” so‘zining o‘zagi nima?

4. U asosan hajaz bahrida yozilib, Bobur eng ko‘p qo‘llagan “dubaytiy” she'riy janrning sinonimi nima?

5. Rang-barang mavzularda qalam tebratgan Boburning “Andijoniydur” nisbasi bilan tugagan mashhur g‘azali qanday so‘z bilan boshlanadi?

Ko‘proq yangiliklar: