Oltinko‘l iqtisodiyot kasb-hunar kollejida ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Jamiyat 09:41 / 09.02.2016 7183

Mir Alisher Navoiy hazratlaridan nafaqat betakror va bebaho ijod durdonalari, balki Vatanni sevish va ardoqlash, yuksak insonparvarlik fazilatlari ham meros bo‘lib qoldi.

Andijon viloyat Oltinko‘l tumanidagi iqtisodiyot kasb-hunar kollejida buyuk ajdodimiz tavallud topgan kun munosabati bilan “Alisher Navoiy ijodida Vatan madhi” deb nomlangan adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.

Bilim dargohining iqtidorli o‘quvchilari g‘azal mulkining sultoni, hazrat Navoiy ijodidan namunalar o‘qidilar. Kollej o‘quvchilaridan tashkil topgan “Andijon zukkolari” guruhi tomonidan tayyorlangan “Vatanni sevishni Navoiydan o‘rganaylik” deb nomlanuvchi sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. O‘quvchilar teatrlashtirilgan kichik sahna asari orqali xalq va Vatanga, insoniyatga xizmat qilish kabi fazilatlarni namoyish qilib berdilar.

Tadbir so‘ngida so‘z olgan kollej direktori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori, O‘zbekiston qahramoni Shukurjon Mamatqulov Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun mamlakatimizda keng nishonlanayotgani jumladan viloyatda fevral oyini navoiyxonlik oyligi deb e'lon qilinishining mazmun mohiyati haqida gapirib o‘tib, o‘quv dargohida “Ajdodlar merosi – kelajak poydevori” shiori ostida o‘tkazilgan badiiy asarlar tanlovi g‘olibiga fahriy yorlik topshirdi.
Elmurod ERMATOV, Andijon

Ko‘proq yangiliklar: