Obama: AQSh Yaqin Sharqda inson huquqlarini hurmat qiluvchilarning do‘sti bo‘lib qoladi

Jahon 08:14 / 09.02.2016 2641

AQSh prezidenti Barak Obama AQSh hamon Yaqin Sharqdagi "adolatli sudga ega va inson huquqlarini hurmat qiluvchi" davlatlarning do‘sti bo‘lib qolishini aytdi, deb xabar bermoqda Al Arabiya telekanali.

Obama 2011 yilda "arab bahoridan" keyin Yaqin Sharqni larzaga solgan mintaqada davom etayotgan ixtilofga yana bir bor to‘xtalib o‘tdi.

"Siz ko‘rganingizdek, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada yuz berayotgan janjal-to‘polon, beboshlik bu yerdagi davlatlar hukumatlari o‘z fuqarolariga ijobiy munosabatda bo‘lmaganlari uchun yuz berdi va bu – beqarorlik va qarama-qarshilik uchun retsept hisoblanadi", deb aytdi Obama.

 

Ko‘proq yangiliklar: