2016 yil boshidan buyon «Manchester Yunayted» jamoasi aksiyalari qiymati 20 foizga qulagan. Bu haqda Associated Press xabar bergan.
Manbaning yozishicha, 11 fevral kuni manchesterliklar jamoasi vitse-prezidenti Ed Vudvord moliya sohasi tahlilchilari hamda investorlar bilan mavjud vaziyatni muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazadi.
Ayni vaqtda jamoa APL turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Bundan tashqari, Lui van Gaal murabbiyligidagi jamoa YeChLdagi ishtirokini guruh bosqichidayoq to‘xtatgan.