Internetda Lada Vesta Cross universalining seriyali ishlab chiqariladigan versiyasi surati paydo bo‘ldi. Yangi modelning surati "Avtosreda" nashri tomonidan chop etildi. Barcha yo‘llar uchun mo‘ljallangan universal sentabrdan boshlab ishlab chiqariladi.
Modelning prototipi 2015 yil avgustda Moskvadagi barcha yo‘llarda yura oluvchi va yo‘ltanlamas avtomobillar ko‘rgazmasi Moscow Off-Road Show’da namoyish qilingandi.
Yangi suratga ko‘ra universal ko‘rinishi o‘zgargan optika, o‘zgacha g‘ildirak disklari oladi hamda orqa eshigidagi spoylersiz bo‘ladi.
Lada Vesta Cross modeli "AvtoVAZ" kompaniyasining Ijyevskdagi zavodi konveyeriga 2016 yil 25 sentabrda qo‘yiladi. Besh eshikli avtomobil faqatgina oldi privodli shaklda taklif qilinishi taxmin qilinmoqda, biroq keyinroq uning to‘la privodli versiyasi paydo bo‘lishi mumkin.
Universal 1,6 litrli, 106 ot kuchiga ega dvigatel hamda besh pog‘onali mexanik yoki robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan ta'minlanadi.