3 fevral kuni Himolay tog‘larining Hindistondagi qismida, Siachen muzliklarida qor ko‘chkisiga duch kelib bedarak yo‘qolgan 10 nafar askardan biri topildi. Bu haqda Hindiston quruqlik qo‘shinlarining shimoliy bo‘linmasi rasmiysi D.S. Xuda ma'lumot bergan.
"Qutqaruv amaliyoti davomida qor ko‘chkisi ostida qolib ketgan askarlardan faqat biri tirik holda topildi", deydi u.
Ma'lum qilinishicha, hodisa tog‘larning 5,9 ming m balandlikdagi qismida ro‘y bergan.
Armiya vakilining aytishicha, bu askar deyarli 1 hafta muddatni 7,62 m balandlikdagi qor uyumi ostida o‘tkazgan. U og‘ir ahvolda Nyu-Delidagi shifoxonaga yetkazilgan.
Ma'lumot uchun, 1984 yilda Siachen muzliklarida 8 mingga yaqin askar qor ko‘chkisi ostida qolib halok bo‘lgandi.