FT: Maykl Blumberg AQSh prezidenti lavozimiga saylovlarda ishtirok etishi mumkinligini tasdiqladi

Jahon 08:18 / 09.02.2016 2655

Nyu-Yorkning sobiq meri va milliarder Maykl Blumberg AQSh prezidenti lavozimiga saylovlarda ishtirok etishi haqidagi savolga "barcha variantlarini ko‘rib chiqayotganini" aytdi. Bu haqda Financial Times nashri xabar bermoqda.

Blumberg saylovlarda ishtirok etishini birinchi marta ommaviy ravishda ma'lum qildi. U, shuningdek, nomzodlar chiqishlari va dastlabki saylovlar natijalarini kuzatib borayotganini aytdi.

FT’da ta'kidlanishicha, Blumbergning saylovlarda ishtirok etishi prezidentlik poygasini sezilarli o‘zgartirishi mumkin.

New York Times nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Blumberg prezidentlik kampaniyasiga 1 mlrd dollar sarflaydi.

Mediamagnat AQSh prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yishi mumkinligi yanvar boshida ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: