AQShdagi Chikago o‘zbek maktabida g‘azal mulkining sultoni, turkiy til va adabiyoti taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan Mir Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Unda jamiyat a'zolari, o‘quvchilarning ota-onalari ham ishtirok etdi. Tadbirda Chikago o‘zbeklari jamiyati Prezidenti Olim Sharipov mutafakkirning hayot va ijod yo‘li, bebaho adabiy merosi haqida yig‘ilganlarga batafsil ma'lumot berdi. Shuningdek, Navoiy g‘azallari tahlil etilib, adabiy muhokamalar o‘tkazildi. Anjumanda o‘quvchilar hazrat Navoiy g‘azallari va ruboiylaridan namunalar o‘qishdi.
Tadbirda ishtirok etganlar millat ma'naviyatining porloq quyoshi Mir Alisher Navoiy haqida o‘z bilimlarini yanada boyitishdi.