BAA hukumatida baxtiyorlik va diniy toqatlilik vazirliklari paydo bo‘ladi

Jahon 09:23 / 09.02.2016 2615

Birlashgan Arab Amirliklari hukumatida yangi lavozimlar – baxtiyorlik va diniy toqatlilik bo‘yicha vazir lavozimlari ta'sis etilmoqda. Bu haqda 9 fevrlada RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi. BAA hukumatida keng ko‘lamli o‘zgarishlar haqida 8 fevralda BAA bosh vaziri, Dubay hukmdori Muhammad al-Maqtum tvitterda ma'lum qildi.

Baxtiyorlik vaziri barcha davlat rejalari, dasturlari va siyosatni birlashtirgan holda "jamiyatni baxtiyorroq qilish bilan shug‘ullanadi". Diniy toqatlilik vaziri esa diniy toqatlilikni "amirlik jamiyatining bosh qadriyati" ekanligini singdirish bilan mashg‘ul bo‘ladi.

Bosh vazirning aytishicha, BAA prezidenti Xalifa ibn Zayd al-Nahayyan bu takliflarni ma'qulladi. Islohotlar hozirda Dubayda bo‘lib o‘tayotgan kelajak boshqaruvi bo‘yicha Jahon sammitida e'lon qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: