2016 yilda internet trafigi hajmi 1 zettabaytdan oshadi

Fan-texnika 09:31 / 09.02.2016 4016

Ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilda global tarmoq yangi bosqichga ko‘tariladi. Ya'ni global internet trafigi 1 zetabayt(milliard terabaytdan yuqoriroq)ga yetadi. Cisco ekspertlarining ta'kidlashicha, 2019 yilga borib, bu ikki hissa ortadi.

Taxminlarga ko‘ra, yana 3 yildan so‘ng Yer yuzidagi har bir odam uchun yiliga 18 GB ma'lumoti to‘g‘ri keladi. E'tibor berilsa, mazkur ko‘rsatkich 2014 yilda ikki marta kamroq edi. Bunday tez rivojlanish sababini mutaxassislar mobil qurilmalar rivoji va ulardagi internet tezligining oshishi bilan izohlashmoqda.

Ta'kidlashlaricha, 2019 yilda 66% foiz traffik simsiz tarmoq orqali uzatiladi. Bundan tashqari, 2019 yilga borib, sayyoramizda global tarmoqqa ulangan qurilmalar soni yana ikki karra oshishi kutilmoqda. Umumiy trafikning qariyb yarmi shaxsiy kompyuterlar hissasiga to‘g‘ri keladi. 2014 yilda esa bu ko‘rsatkich 60 % foizdan yuqori edi.

Hozirda asosiy trafik musiqa va videoxizmatlar, shuningdek, onlayn-kinoteatrlarga sarflanayapti. 2014 yilda bu yo‘nalishlar ulushi 39% foiz edi, 2019 yilga borib, 62% foizga ortishi kutilayapti..

Hozirda Afrika va Yaqin Sharqda internet-trafik hajmi tez sur'atda o‘sishi kuzatilmoqda. Yaqin kelajakda ham bu jarayon davom etadi. 2019 yilga borib, bu mintaqalarda trafik “iste'moli” 44% foizga kengayadi. Sharqiy va Markaziy Yevropada 33% foizga, Lotin Amerikasida esa 25% foizga oshadi. Autsayderlar – Osiyo, G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika. Ularda internet trafigi “iste'moli” 20-21% foizni tashkil etishi kutilayapti. Lekin bu pasayishni anglatmaydi. Sababi, hozir ham mazkur mintaqalarda ko‘rsatkich yuqori darajada.

Ko‘proq yangiliklar: