Xitoy va Hindiston chegara qo‘shinlari 6 fevral kuni “Hamkorlik-2016” o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Bu haqda XXR Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga tayanib TASS xabar bermoqda.
“Tomonlarning faol ishtiroki sababli barcha vazifalar uddalandi. Bu Xitoy va Hindiston chegara qo‘shinlarining salohiyatini oshirib, o‘zaro ishonchni mustahkamladi”, - deyiladi xabarda.
Hujjatda qayd etilishicha, jangovar o‘quvlar avvalroq imzolangan chegaralarda tinchlik va tartibni birgalikda saqlash to‘g‘risidagi shartnoma asosida o‘tkazildi.