Turkiya qirg‘oqlari yaqinida 22 qochqin cho‘kib ketdi

Jahon 18:05 / 08.02.2016 2883

Turkiyaning Egey dengizidagi sohillari yaqinida Gretsiyaga yo‘l olgan qochqinlar bo‘lgan qayiq ag‘darilib ketdi, deya xabar qildi Reuters turk qirg‘oq himoyasi xizmatiga tayangan holda.

Baxtsiz hodisa oqibatida 22 kishi cho‘kib ketdi.

7 fevral kuni 2016 yil boshidan beri Turkiyadan Gretsiya orollari tomon dengiz orqali 68 mingdan ko‘proq qochqin o‘tgan, deya xabar bergan edi BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha boshqarmasi (UNHCR). UNHCR ma'lumotlariga ko‘ra, 1 fevraldan 6 fevralgacha Turkiyadan Egey dengizi orqali Gretsiyaga 2870 muhojir o‘tgan.

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, shu kunlari Turkiyadan Gretsiyaga o‘tgan ko‘pchilik muhojirlar suriyaliklar (55 foiz) bo‘lgan. Shuningdek, muhojirlardan 25 foizi Afg‘onistondan, 11 foizi Iroqdan, 3 foizi Pokistondan bo‘lgan. Bundan tashqari, yil boshidan beri dengiz orqali o‘tishda kamida 366 nafar odam halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.

Ko‘proq yangiliklar: