Toshkentda folbin talabani avrab, qimmatbaho taqinchog‘ini olib ketdi

Jamiyat 19:59 / 08.02.2016 7530

Toshkent shahridagi oliy o‘quv yurtlaridan birida tahsil oluvchi Sojida ismli talaba folbinlar jabrdiydasiga aylandi.

Uni ko‘chada bir folbin ayol to‘xtatib, kelajagidan fol ochib qo‘yishini aytadi. Sojidaning ko‘nglida qiziqish uyg‘onib, rozi bo‘ladi. Folchi avvaliga xo‘p yaxshi “bashorat”lar bilan “siylaydi” va keyinroq uning taqdirida “falokat” borligini aytadi. Bundan cho‘chib ketgan qizga, istasa, buning oldini olish uchun yordam berishi mumkinligini bildiradi. Evaziga Sojidaning qulog‘idagi qiymati 700 ming so‘mlik tilla zirakni so‘raydi.

Qizdan zirakni olgan ayol “uyi shu atrofdaligini, unga falokatdan asraydigan tumor tayyorlab kelgunicha shu yerda kutib turishini aytib, juftakni rostladi”, deb yozadi “Ogoh” gazetasi.

Jinoyat haqida Ichki ishlar bo‘limiga yetkazilgan xabardan so‘ng, tezkor xodimlar firibgar ayolni topib, qo‘lga olishgan.

Ko‘proq yangiliklar: