To‘raqo‘rg‘on TESi qurilishining asosiy pudratchisi mart oyida ma'lum bo‘ladi

O‘zbekiston 18:40 / 08.02.2016 6032

“O‘zbekenergo” To‘raqo‘rg‘on TESi qurilishining asosiy pudratchisini tanlash bo‘yicha tender yakunlarini 2016 yil martida e'lon qiladi. Bu haqda kompaniyadagi manbalariga tayangan holda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga qaraganda, loyiha yaqin vaqt ichida jadal bosqichga kiradi. Bugungi kunda “O‘zbekenergo” mutaxassislari 94 ga hududda umumiy qurilish ishlarini olib bormoqda. Bir necha yildan so‘ng bu yerda issiqlik elektr stansiyasi qad ko‘taradi.

“Qurilish brigadalari zaruriy transport-kommunikatsiya infrastrukturasini, ma'muriy va xo‘jalik bloklarini, ishchilarning turarjoylarini tiklamoqda. Asosiy tenderda 15ta nomdor xorijiy, shuningdek, bir qancha mahalliy kompaniya ishtirok etmoqda. Shu yilning sentabridayoq energobloklar montajiga kirishmoqchimiz”, - dedi kompaniya vakili.

Ko‘proq yangiliklar: