2016 yilning 8 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Latviya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Edgars Bondars bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Latviyaning 2015 yildagi munosabatlari yakunlari sarhisob qilindi hamda turli sohalardagi hamkorlikni joriy yilda va istiqbolda yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama etildi.
Shuningdek, parlamentlararo va tashqi ishlar vazirliklari darajasidagi rejalashtirilgan uchrashuvlar hamda hamkorlik bo‘yicha qo‘shma institutlarning navbatdagi majlislari jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.