Tayvanda yuz bergan zilzila qurbonlari soni 40 nafarga yetdi

Jahon 17:14 / 08.02.2016 2689

6 fevral kuni Tayvanda yuz bergan kuchli zilzila qurbonlari soni 40 nafarga yetdi, jarohat olganlar soni 500 nafardan ortiqni tashkil qilmoqda. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV) xabar bergan.

Oldinroq qurbonlar soni 30 kishidan oshgani ma'lum qilingandi.

Halok bo‘lganlardan 29 nafari Taynan munitsipalitetining Yunkan tumanida joylashgan 17 qavatli "Veyguan" turar-joy binosida istiqomat qilgan. Rasmiylar bino qurilish me'yorlariga zid ravishda va sifatsiz materiallardan qurilganini taxmin qilmoqda. Tekshiruv ishlari davom etadi.

Hozirda 100dan ziyod kishi bedarak yo‘qolganlar sifatida hisoblanmoqda. Qulagan bino qoldiqlari ostidan 7 fevral, yakshanba kuni bir necha kishi chiqarib olingan.

Olti oylik qizcha Tayvanda qulagan bino tagida 30 soat qolib ketgandan keyin qutqarib olindi

Ko‘proq yangiliklar: