O‘tgan yakshanba kuni Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan tashuvchi raketaning yuki uch yil oldingisiga nisbatan ikki barobarga ko‘payib, 200 kg ga yetdi. Bu haqda Koreya Respublikasining milliy razvedka xizmati xabar bermoqda.
“Bizdagi ma'lumotlarga qaraganda, u 2012 yil dekabrida uchirilgan raketaning bosh qismi vaznidan ikki barobar og‘irdir”, - deyiladi razvedkaning milliy mudofaa bo‘yicha parlament qo‘mitasining yig‘ilishida taqdim etilgan hisobotida.