Saudiyada ishlayotgan yamanlik AYoQSh xodimi 150 ming riyolni egasiga qaytarib berdi

Jamiyat 19:10 / 08.02.2016 5232

Saudiya Arabistoni poytaxti Riyoddagi yoqilg‘i quyish shoxobchasining xodimi, yamanlik yigit avtomobilni tozalash paytida 150 ming riyol topib olib, uni egasiga qaytarib berdi.
Ajel gazetasining xabar qilishicha, Akram Mahyub ismli yigitchaga mashinani yuvish, salonni yig‘ishtirish topshirilgan, mashina egasi esa xaridlar uchun do‘konga kirib ketgan.
U avtomobilda sumka topib olib, egasiga qaytarib bergan. Mashina egasi yigitchaning halolligiga qoyil qolgan.
“Boshqa ishchi bo‘lganida, bu pullarni olib, darhol mamlakatni tark etardi”, - deb yozadi gazeta.

Ko‘proq yangiliklar: