Rossiyaning Yekaterinburg shahrida Moskva, Sankt-Peterburg va Uralda teraktlar hozirlagan IShID a'zolari qo‘lga olindi, deb xabar beradi RIA Novosti agentligi Federal xavfsizlik xizmati rasmiylariga tayangan holda.
Jinoiy guruhning 7 nafar a'zosi 7 fevral kuni qo‘lga olindi. Tergov va dastlabki surishtiruv davomida ularning yonidan teraktlarda qo‘llanilishi rejalashtirilgan ashyolar topilgan.