Anqara Moskva bilan munosabatlarni me'yorga keltirish uchun nimalar qilish kerakligini yaxshi biladi, deb ta'kiladi Rossiya TIV o‘rinbosari Aleksey Meshkov.
“Turkiya Rossiya-Turkiya munosabatlarini yaxshi tomonga burish uchun nimalar qilish lozimligini juda yaxshi biladi. Biz tomonimizdan bir necha hafta muqaddam aytilgan gaplar adolatli edi. Vaziyatni keskinlashtirish, Rossiyaga qarshi o‘ylab topilgan e'tirozlarni ilgari surish o‘rniga oyniga qarab madaniyatli davlatlararo munosabatlarda ko‘riladigan choralarni ko‘rish lozim. Bizning pozitsiyamiz o‘zgarmadi”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.