Joriy yilning kuzida havo laynerlarining eng zamonaviy avlodiga mansub ikkita Boeing-787 Dreamliner samolyoti olib kelinadi.
Bu haqida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi hamkorligida aviatashuvlar bozorini rivojlantirish holati va istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbatida ma'lum qilindi.
Anjumanda berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda milliy aviakompaniya havo laynerlarida 23 ming 269 qatnov amalga oshirilgan. Aviakompaniya xizmatlaridan 2 million 572 ming 289 yo‘lovchi foydalangan. Navoiy shahridagi xalqaro intermodal logistika markazidan Frankfurt, Milan, Vena, Dubay, Seul, Shanxay, Xanoy, Dehli, Mumbay shaharlariga yuk qatnovlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasida samolyotlarning kompozit materiallarini ta'mirlash markazi ochildi. Yangi “Toshkent-4” yo‘lovchi terminalining qurilishi ustida ish olib borilmoqda.