O‘zbekiston vakillari yunon-rim kurashi bo‘yicha xalqaro turnirda 7ta medal olishdi

Sport 18:31 / 08.02.2016 4459

6-7 fevral kunlari Rossiyaning Podolsk shahrida yunon-rim kurashi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi.

Unda ishtirok etgan 13 nafar o‘zbekistonlik sportchidan 7 nafari sovrindorlar safidan o‘rin egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasining axborot xizmati xabar bergan.

O‘zbekiston terma jamoasi a'zolaridan Muhammadali Shamsiddinov (85 kg) – oltin, Feruz To‘xtayev (59 kg) – kumush, Islom Bahromov (59 kg), Mirzabek Rahmatov (66 kg), Nurbek Xoshimbekov (75 kg), Ermat Shermatov (85 kg) va Daler Rahmatov (130 kg) bronza medaliga sazovor bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: