MDHning 25 yilligi munosabati bilan 2016 yilda O‘zbekiston, Armaniston va Qirg‘izistonda Rossiya kunlari tashkil qilinadi. Bu haqda «Sputnik-O‘zbekiston» Rossiya madaniyat vazirligi ma'lumotlariga tayanib xabar tarqatdi.
2016 yilda MDH tashkil topganiga 25 yil to‘ladi va shu munosabat bilan tadbirlar o‘tkaziladi. Mazkur tadbirlar doirasidagi Rossiya kunlari O‘zbekiston, Armaniston va Qirg‘izistonda o‘tkaziladi.
«Qozog‘istonda esa maxsus oupen-eyr formatidagi «Feel Russia» tadbiri o‘tkaziladi. Belarus kunlari esa bu yilda Tojikiston va Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi.