Parij shahrida o‘tkazilgan auksionda Ferrari avtomobilining noyob modeli rekord darajadagi mablag‘ga sotildi. Bu haqda Sky News xabar bergan.
Bu noyob avtomashinani nomi sir tutilishini istagan xaridor sotib olgan. 1957 yilda ishlab chiqarilgan ushbu 335 Spider Scaglietti modeli atigi to‘rt nusxada chiqarilgan edi.
Parijdagi auksionga qo‘yilgan ushbu mashinani o‘z vaqtida britaniyalik afsonaviy poygachi Stirling Moss boshqargan, u 1958 yilda «Formula-1» Gran-prisining Kubadagi bosqichida shu avtomobil bilan g‘alaba qozongan edi. Bu sportkar «Le-Manda 24 soat» turnirida ham ishtirok etgandi.
Parijdagi kimoshdi savdosida avtosportdagi boshqa bir, eng afsonaviy mashina uchun boshlang‘ich qiymat 20 million yevro etib belgilangan.