Moskvadagi saunada kelib chiqqan yong‘inda 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha boshqarmasi sayti orqali xabar berildi.
Voqea garaj yerto‘lasida joylashgan saunada 7 fevral kechasi sodir bo‘ldi. Voqea joyida 3 erkakning tanalari topildi. Ularning o‘limiga sabab bo‘lgan narsa is gazidan zaharlanish bo‘lgani aniqlandi.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlab yuborildi.