«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining kelajagi haqidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
«Men Ispaniyada 6 yildan buyon faoliyat ko‘rsatmoqdaman. Angliyada ham («Manchester Yunayted» - tahririyat) shuncha vaqt bo‘lgandim. Menda bu ikki chempionatdagi o‘yinlar evaziga ulkan tajriba to‘plandi. Lekin menimcha primero dunyodagi eng kuchli liga. Bu yerda bo‘lish men uchun faxr tuyg‘ularini beradi.
Yana bir yarim-ikki yil shu Madridda qolaman. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. Chunki «Real» bilan shartnomam yana 2 yil davom etadi. Men bu muddatni oxirigacha o‘tab bermoqchiman», deydi Ronaldu.