Toshkent shahridagi kasb-hunar kollejlarning birida tahsil oluvchi Qudratbekni «Bobur» nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida 19 yoshli Jamshid va 20 yoshli Shahzod ismli yigitlar to‘sib, pichoq o‘qtalishadi. Birovga aytsa, o‘ldirishlarini aytib, tahdid qilishadi va Qudratning qo‘lidan qiymati 800 AQSh dollar bo‘lgan «Ipad-4» planshetini tortib olishadi va voqea joyidan yashirinishadi.
Voqea yuzasidan IIBga ariza bilan murojaat etishdi.
“O‘qish, ishlash, jamiyatga foyda keltirish o‘niga boshqalarning yo‘lini to‘sayotgan talonchi-bosqinchi bu yigitlarning izidan tushgan tezkor xodimlar ularni tez orada topib, qo‘lga olishdi. Endilikda mazkur voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deb yozadi “Ogoh” gazetasi.