Hindistonning sharqiy qirg‘og‘ida, Viskaxapatnam harbiy-dengiz bazasi yaqinida o‘tkazilgan International Fleet Review-2016 Xalqaro flot ko‘rigida 52 davlatning 90dan ortiq kemasi ishtirok etdi.
Ko‘rikda turli davlatlarning harbiy-dengiz kuchlari oliy qo‘mondonligining 30 vakili, shu jumladan, 10 nafar harbiy-dengiz kuchlari rahbarlari ishtirok etdi. Bangol ko‘rfazidagi manyovrlarga 60 samolyot kuzatuvida 90ta kema chiqdi. Ulardan 25tasi chet el kemalari edi. Ko‘rik asnosida harbiy ishlab chiqarish mahsulotlari ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi.