Farg‘onada zamonaviy angiografiya tibbiy majmuasi ochildi

O‘zbekiston 14:54 / 08.02.2016 3139

Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi zamonaviy “Philips Allura Clarity” rusumli angiografiya majmuasi bilan ta'minlandi. “Sog‘lom ona va bola yili”da bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yuksaltirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Gollandiyaning “Philips Healthcare” kompaniyasi bilan hamkorlikda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qoshida interventsion kardiologiya bo‘limini tashkil etish loyihasini amalga oshirmoqda.

Bunday zamonaviy tibbiy jihozlar majmuasida barcha turdagi tomir xastaliklari davolanadi. Bu yerda kardiologiya, qon tomir va ko‘krak qafasi xirurgiyasi, neyroxirurgiya, nevrologiya, endokrinologiya, urologiya sohalaridagi bemorlar dardiga shifo topadi.

Ko‘proq yangiliklar: