Saudiya Arabistoni ikki frontda birday harbiy harakatlarni amalga oshira olmaydi. Bu haqda Eron qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari o‘rinbosari, brigada generali Mas'ud Jazoiriy aytib o‘tdi.
“Saudiya Arabistoni hozir boshi berk ko‘chaga kirib qolgan, bunga uning Yamanda olib borgan faol urush harakatlari sabab bo‘lgan, shu bois u Suriyada boshqa urush boshlash holida emas”, - dedi u Mehr agentligi bilan suhbat chog‘ida, Riyodning Suriyaga kirishi haqidagi bayonotiga izoh berarkan.
“Saudiya rejimi dunyoning bir qancha nuqtalarida agressiv qadamlar tashladi va ayni paytda o‘z chegaralari ichkarisidagi jiddiy keskinliklarga duch kelmoqda”, - qo‘shimcha qildi general.