Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif, atom energiyasi tashkiloti rahbari Ali Akbar Solihiy va mudofaa vaziri Husayn Dehgon Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Tehron va olti vositachi davlat o‘rtasidagi muzokaralarda erishgan yutuqlari uchun maxsus mukofotlar bilan taqdirlandi.
IRNA agentligining ma'lum qilishicha, Eron prezident Hasan Ruhoniy Muhammad Javod Zarifga “Yadroviy muzokaralarni olib borishga qo‘shgan hissasi uchun” medalini topshirgan.
Ali Akbar Solihiy va Husayn Dehgonga “Jarosat uchun” medali topshirilgan.
Shuningdek,mukofotni topshirish marosimida muzokaralarda ishtirok etgan turli diplomatik va texnik idolararning 28 nafar xodimi turli medal va nishonlar bilan mukofotlandi. Bular sirasida TIV o‘rinbosarlarii Abbos Arag‘chi va Majid Taxtiravonchi bor, deb xabar bermoqda IRINN telekanali.