Afg‘oniston shimolida navbatdagi terakt tufayli 3 kishi halok bo‘ldi

Jahon 14:56 / 08.02.2016 2526

Afg‘onistonning shimoliy qismidagi Balx viloyati ma'muriy markazi bo‘lmish Mozori-Sharif shahrida sodir etilgan navbatdagi terakt 3 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hukumat vakillariga asosoannaye holda Pajhwok Afghan News axborot agentligi xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, portlash 8 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 7:30 da, harbiylar mingan avtobus yaqini ro‘y bergan. Natijada 3 kishi qurbon bo‘lishidan tashqari, 18 kishi jarohat olgan.

Portlash terrorchi hudxush vositasida amalga oshirilgani aytilmoqda.

Bu terakt uchun javobgarlikni "Tolibon" o‘z zimmasiga olgan.

Ko‘proq yangiliklar: