Adel 2015 yilning eng omadli qo‘shiqchisi sifatida tan olindi

Jamiyat 15:52 / 08.02.2016 2479

Buyuk britaniyalik mashhur qo‘shiqchi Adel Xalqaro grammayozuvlar federatsiyasi tomonidan yilning eng omadli xonandasi deb topildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar tarqatdi.

Ushbu yo‘nalishda ikkinchi o‘rinni britaniyalik boshqa bir xonanda Edu Shiranu egalladi. Uchinchi o‘rinni, o‘tgan yilgi g‘olib – amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift egalladi.

Mazkur yillik reytingning asosiy o‘lchovi xonandalar tomonidan taqdim etilgan audio-disklarning eng ko‘p sotuvi sanaladi.

O‘tgan yilda Adel nomi bilan bog‘liq bir necha rekordlar qayd qilingandi. Jumladan uning 22 oktabrda chiqargan Hello taronasi 12 soat o‘tib, iTunes tarmog‘ida butun dunyo bo‘ylab 85 mamlakatda birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgandi. Qo‘shiqqa ishlangan klip Youtube videoxostingida 87 kun ichida 1 milliarddan oshiqroq marta ko‘rilgan.

Solishtirish ,uchun avvalgi rekord sohibi koreyalik PSY Gangnam Style qo‘shig‘i 1 mlrd marta ko‘rilishi uchun 158 kun vaqt sarflagandi. 

Shuningdek, xonandaning 20 noyabr kuni taqdim etgan «25» nomli audio albomi bir hafta ichida Britaniyaning o‘zida 800 ming dona sotilgan bo‘lsa, xuddi shuncha muddatda AQShda uning sotuvi 2,8 mln nusxani tashkil qilgandi. Hozirgi kungacha AQShda mazkur albomning 8 mln nusxasi sotilgani aytilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: