Rossiyaning “REP Xolding” kompaniyasi O‘zbekistonga ikki komplekt transformator podstansiyalarini yetkazib beradi.
“REP Xolding” va ERIELL Corporation O‘zbekiston janubidagi gaz-kondensat konlarini qayta jihozlash loyihasi doirasida ushbu shartnomani imzolashdi, deb xabar beradi Uzdaily.uz nashri.
Yetkazib beriladigan anjomlar 50 Gts chastotali uch fazali o‘zgaruvchan tok energiyasini qabul qilish, qayta ishlash va taqsimlashga mo‘ljallanadi. Yetkazmalar 2016 yil ikkinchi choragida amalga oshiriladi.