Vardi "Lester" bilan shartnomasini 2019 yilgacha uzaytirdi

Sport 07:16 / 07.02.2016 2791

Angliyaning "Lester" futbol klubi hujumchisi Jyeymi Vardi klub bilan shartnomani uzaytirdi.

29 yoshli futbolchining yangi shartnomasi 2019 yilning yozigacha amal qiladi.

Futbolchi "tulkilar" tarkibida 2012 yildan beri to‘p surib keladi. Joriy mavsumda Vardi Angliya chempionatining 25 ta o‘yinida 18 ta to‘p muallifiga aylangan

Ko‘proq yangiliklar: