Internet foydalanuvchilari Twitter mikrobloglar xizmatining yangiliklar tasmasini shakllantirish algoritmini o‘zgartirgandan keyin "o‘lishini" prognoz qilishmoqda. Kompaniya yangi algoritmini sinovdan o‘tkazayotgani haqida BuzzFeed portali ma'lum qildi.
Twitter postlarni chiqarishning yangi mexanizmini fevral o‘rtalaridayoq taqdim qilishi mumkin. Gaplarga qaraganda, xizmat tvitlarni xronologik tartibda (yozilgan vaqtiga qarab) emas, balki foydalanuvchining qiziqishiga amal qilgan holda chiqaradi. Bunda yangi algoritm asosiy bo‘ladimi yoki uni optsiyalardan biri sifatida ishlatish mumkin bo‘ladimi, noma'lum qolmoqda.
Foydalanuvchilar shu sababli kompaniya yaqin orada yo‘q bo‘lib ketishini prognoz qilmoqdalar va #RIPTwitter xeshtegini ("Yotgan joyingda tinch yotgin, Tvitter") jahon yetakchi o‘rinlariga chiqarishdi. Foydalanuvchilarning asosiy noroziligiga xizmat yangiliklarni chiqarishning yangi usuliga o‘xshash algoritmdan foydalanuvchi Facebook’ga o‘xshab qolishi sabab bo‘lmoqda.
Foydalanuvchilar Twitter yangi algoritmni asosiy sifatida kiritsa, ommaviy ravishda uni tark etish bilan tahdid qilishmoqda.
Twitter tasmaning yangi formatini sinovdan o‘tkazishni 2015 yil dekabridan boshladi. Ba'zi foydalanuvchilar ularning "do‘stlari"dagi yangilanishlar tartib bo‘yicha ko‘rsatilmayotganidan ishkoyat qilishgan. Xizmat vakili yangi funksiya tajriba sifatida sinalayotganini aytgan.