Somali hukumati Mogadishoda A321 samolyoti bortida bomba portlaganini tasdiqladi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida samolyotda hosil bo‘lgan teshikdan zarba kuchidan uchib chiqib ketgan yo‘lovchi portlashni amalga oshirgan terrorchi-xudkush bo‘lgan.
Asosiy taxminga ko‘ra, terrorchilar samolyotdagi barcha yo‘lovchilarni o‘ldirmoqchi bo‘lgan.
"Biz Daallo Airlines reysi bortida bomba portlaganini tasdiqlaymiz", deb aytdi Somali transport va aviatsiya vaziri Ali Ahmad Jamak.
Daallo Airlines’ning A321 samolyotidagi portlash u havoga ko‘tarilgandan keyin 15 daqiqa o‘tib sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida ikki yo‘lovchi jarohat olgan, yana bir yo‘lovchi fyuzelyajda hosil bo‘lgan teshikdan tashqariga uchib chiqib ketgan. Aynan shu yo‘lovchi terrorchi-xudkush bo‘lgani aytilmoqda.
Samolyot ekipaji laynerni havoga ko‘tarilgan aeroportiga qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan. Terakt tafsilotlari tergov qilinmoqda.