Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan raketani mamlakatlar manfaatlariga tahdid va ittifoqchilar xavfsizligiga xavf deb hisoblamoqda. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Syuzan Raysning so‘zlariga ko‘ra, Vashington KXDR harakatlariga qarshi barcha choralarni qo‘llaydi.
Uning qayd etishicha, raketa sinovi tashviqot va vaziyatni beqarorlashtirishga urinishdan boshqa narsa emas. Shimoliy Koreyaning harakatlari BMT Xavfsizlik kengashining bir qator rezolyutsiyalarini qo‘pol ravishda buzish ham hisoblanadi.
AQSh strategik qo‘mondonligining ma'lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya raketasi 7 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 1.29da Sariq dengiz ustida raketa uchirilgan. AQShda Shimoliy Koreya uchirgan raketaning yo‘nalishi kuzatilgan.