Neymarning otasi o‘g‘lining tug‘ilgan kuni nishonlanayotgan tungi klub yaqinidan jurnalistlarni haydadi

Sport 17:36 / 07.02.2016 6358

Jurnalistlar 5 fevral kuni o‘zining 24 yoshiga chiqqani munosabati bilan tungi klubda bayram ziyofati uyushtirgan Neymarni videotasvirga olishga urinishganida uning otasi qarshiligiga duch kelishdi.

As nashrida joylashtirilgan videoda ko‘rinishicha, Neymar da Silva jurnalistlarga kameralarini yo‘qotishni va voqea joyidan suratlar olmaslikni buyurgan.

"Nima? Neymar xursandchilik qila olmasinmi? Siz o‘g‘limni tabriklash uchun kelganingiz yo‘q axir. Agar sizning niyatingiz yaxshi bo‘lganida uni o‘z holiga qo‘ygan bo‘lardingiz. U o‘zini tinch qo‘yishlaridan baxtiyor bo‘ladi", deya kameraga qarab gapirgan katta Neymar.

Ko‘proq yangiliklar: