Mourino: Ispaniyada 1 yilda 4ta haqiqiy o‘yin o‘tkazardim. Qolganlarida 4:0, 5:0 yoki 6:1 hisoblarida yutar edik

Sport 15:08 / 07.02.2016 4475

"Chelsi" jamoasining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino Ispaniya chempionatini Angliya premer ligasi bilan solishtirdi va ikkinchisini ustun deb baholadi.

"Men hamisha aytganman, menga har haftada shiddatli bahslarda kuch sinashish kerak. Ispaniyada men hayratlanarli darajada kuchli jamoani boshqarganman va biz 1 yili faqatgina 4ta chinakam o‘yin o‘tkazganmiz. Bu o‘yinlarning barchasi bir jamoaga, "Barselona"ga qarshi kechgandi. Qolgan o‘yinlarda 4:0, 5:0, 4:1 yoki 6:1 hisoblarida g‘alaba qozonar edik.

Tabiiyki agar bosh sovrin uchun faqat ikki raqobatchi bo‘lsa va boshqa raqiblarni yengish juda oson bo‘ladi. Lekin bosh sovrinni yutish qiyin ishga aylanadi. Chunki ikkinchi grand ham boshqa o‘yinlarda g‘alabalar qiladi. Natijada, turnirda g‘olib bo‘lish uchun 100 ochkogacha jamg‘arish talab etiladi. Bir safar biz to‘plagan 91 ochko chempionlik uchun yetarli bo‘lmagandi.

Angliyada esa chempionatni 75 yoki undan kam ochkolar bilan ham yutish mumkin. Shunday sharoitdagina haqiqiy musobaqa kechadi", deydi murabbiy.

Bundan oldinroq, murabbiy Angliyani tark etishga shoshilmasligini oilasi hamisha Londonda yashashi, o‘zi esa ishga qaytishi haqida ma'lum qilgandi.

Keyingi haftalarda "Manchester Yunayted" rahbariyati Lui van Gaalni mavsum oxirida ishdan bo‘shatib, uning o‘rniga Joze Mourinoni olib kelishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

«MYu» Gvardiolaning «Man Siti»ga o‘tishi aniq bo‘lishi bilanoq, Mourino bilan muzokara boshlagan

Joze Mourino: Tez orada ishga qaytaman

Lui van Gaal: «MYu» Mourino bilan muzokara o‘tkazayotganiga ishonmayman

Ko‘proq yangiliklar: