Moskva viloyatining Pushkin tumanidagi Cherkizovo posyolkasidagi uylardan birida yuz bergan yong‘in joyidan 3 kichik yoshdagi bola va ularning buvisining jasadi topildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Avvalroq ayol va ikki bola halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
"Cherkizovo posyolkasidagi uylardan birida chiqqan yong‘in o‘chirilishi vaqtida 2012, 2013, 2015 yilda tug‘ilgan 3 bola va ularning buvisining jasadi topildi", deb aytilmoqda viloyat tergov qo‘mitasida.
Tergov qo‘mitasida fojia vaqtida oilaning Moskvada bo‘lgan 4 farzandi tirik qolgani ma'lum qilindi.
Yong‘in sabablari o‘rnatilmoqda. Shunisi ma'lumki, yong‘in chiqqan uy yog‘ochdan yasalgan bo‘lgan.