Lavessi Xitoy jamoasiga o‘tib, katta pul topishdan ko‘ra "Inter"da o‘ynashni ma'qul ko‘rmoqda

Sport 12:55 / 07.02.2016 2968

"PSJ" jamoasining argentinalik hujumchisi Xitoyning "Shanxay Shenxua" jamoasi bildirgan jozibali taklifni qabul qilishga shoshilmayotgani va boshqa variantlarni o‘rganib chiqayotgani xabar qilindi.

Sky Italia nashrining xabariga ko‘ra, 30 yoshli bu futbolchi xitoyliklarning 10 millionlik maosh (yiliga) to‘lashni nazarda tutuvchi taklifini rad etib, Italiyaning "Inter" jamoasiga o‘tishni ma'qul ko‘rmoqda.

Milan shahri jamoasi bu futbolchini yozgi transferlar vaqtida erkin agent sifatida o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirgan.

Joriy mavsumda Lavessi parijliklar safida 24ta o‘yinda maydonga tushgan va 3ta gol urgan.

Bundan oldinroq, Lavessi Xitoyning "Shanxay Shenxua" klubiga o‘tishga rozilik bergani haqida xabar paydo bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: