Joze Mourino: Tez orada ishga qaytaman

Sport 12:14 / 07.02.2016 4012

"Chelsi"dan iste'foga chiqarilganidan keyin ishsiz yurgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino uzoq vaqt ishsiz yurmasligini ayon qildi.

"Men ayni vaqtda ishsizman va bu qancha vaqt davom etishini aniq bilmayman. Taqdir seni qay yo‘lga boshlashini oldindan aytish qiyin. Lekin aniq aytishim mumkinki, oilam bilan Londonda yashashda davom etaman.

Men bir professional sifatida ishga qaytishga tayyorman. Men ishdan zavq olaman. Men uchun murabbiy sifatida ishlash ndalik hayotning bir qismi. 16 yildan buyon shu sohada faoliyat ko‘rsatib kelmoqdaman. Menda bundan oldinroq faqat bir marta, "Chelsi"dan birinchi ketishimda bir necha oylik tanaffus bo‘lgandi. Ikkinchi tanaffus ham uzoq vaqt davom etmaydi.

Ishonch bilan aytishim mumkin, men tez orada qaytaman", - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Bundan oldinroq, uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" jamoasi qiziqishda davom etayotgani haqida xabarlar berilgandi. Shuningdek, Xitoy superligasi uni ligaga maslahatchi lavozimi uchun taklif qilgan.

Kecha 53 yoshli bu mutaxassis Germaniya chempionati 20-turidan o‘rin olgan "Gerta" - "Borussiya" D (0:0) uchrashuvini stadiondan kuzatib borganini kuzatishgan.

Ko‘proq yangiliklar: