Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe Shimoliy Koreya raketa uchirilgani haqida ma'lumot olingandan keyin favqulodda yig‘ilish chaqirtirdi, deb xabar bermoqda "Ryonxap" axborot agentligi.
Avvalroq Shimoliy Koreya raketa uchirgani ma'lum bo‘lgandi.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Pxenyan uzoq masofaga mo‘ljallangan raketa uchirganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kyodo agentligi.
Shimoliy Koreya orbitaga kuzatuv sun'iy yo‘ldoshi chiqarishni rejalashtirayotganini aytganiga qaramasdan, dunyoda Pxenyan qit'alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazayotgani taxmin qilinmoqda.
Jahon hamjamiyati, jumladan, Rossiya, AQSh, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar raketa uchirilishi haqidagi xabarga salbiy munosabat bildirdilar.