Uchta davlat: AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya vakillari BMT Xavfsizlik kengashiga Shimoliy Koreya raketa uchirganidan keyin birgalikdagi iltimos bilan murojaat qilishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Noma'lum qolish sharti bilan diplomatlar bu davlatlar favqulodda yig‘ilish o‘tkazishni talab qilishayotganini ma'lum qildilar.
Diplomatlarning ma'lumotlariga ko‘ra, yig‘ilish 7 fevraldayoq o‘tkazilishi mumkin. Hozircha boshqa tafsilotlar yo‘q.
Avvalroq AQShda Shimoliy Koreya uchirgan raketaning yo‘nalishi kuzatilayotgani ma'lum bo‘lgandi.
Shuningdek, Janubiy Koreya prezidenti ham shu munosabat bilan favqulodda yig‘ilish chaqirtirdi.